17:36
Yulduz Usmonovadan yangi musiqiy albom «Mendek sevaolasizmi?»
 «Mendek sevaolasizmi?» - O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning o'zbek tilidagi yangi musiqiy albomi ana shunday nomlangan. Markaziy Osiyo va Yevropada o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan san'atkor bir necha oy davomida ushbu musiqiy to'plam ustida ijodiy ish olib bordi.

Yulduz Usmonova albomdan o'rin olgan har bir qo'shiqqa yuragidagi dardlarini jo qilgan, ularni tinglab, qo'shiqchining ichki olamiga sayr qilasiz go'yo. Shuningdek, tinglovchi qo'shiqlarda qaysidir ma'noda o'z aksini ko'rgandek bo'ladi, deyiladi, yulduz.uz saytida.

Eslatib o'taman, primadonnaning o'zbek tilidagi so'nggi albomi 2010 yilda xavol qilingandi (Tilimdan emas, dilimdan). Oradan ikki yil o'tib, u yana o'zbek muxlislariga yangi musiqiy tuxfa xozirladi. Yangi albomda 3 duet ashula ham bor. Bu gal unga Nilufar Usmonova, Ziyod Eshonxo'jayev va yosh xonanda Bahodir Nizomov jo'rlik qilishdi.
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 1557 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar