Qiziqchi Valijon Shamshiyevning "Mirzo Teatri"dan ketganini eshitdingizmi? U bir necha yildan buyon 1-2 aprel kunlari "Istiqlol" sanat saroyida konsert berib kelayotgan teatr jamoasidan avval otni qamchilab, aynan shu kunlari shu saroyda yakkaxon konsert dasturini berayotgan ekan. -Bundan olti yil avval ham aprel oyining ilk kunlari yakkaxon konsert dasturimni muxlislarga havola etgan edim, - deydi Valijon Shamshiyev. - Bu yil ham ustozim Mirzabek Xolmedovning oq fotihalarini olib, konsert berishga qaror qildim. Nasib qilsa, "Mirzo teatr"ning konserti dekabr oyida bo`lib o`tishi rejalashtirilmoqda. Ijodiy jamoamiz nima sababdan bunday qaror qabul qilgani esa, hozircha sir!
|