22:06
Telefon va insoniyatga uning jiddiy ta'siri.
AQSh Salomatlik milliy instituti olimlari tomonidan uyali telefonlardan tarqalayotgan radiatsiya nurlarining inson miyasiga ta’siri o‘rganib chiqildi. Tadqiqotda yozilishicha,mobil telefondan bir soat atrofida uzluksiz foydalanish natijasida insonmiyasining telefon antennasiga yaqin turadigan qismida miya faolligida chayqalish yuz beradi. Olimlar o ‘z tadqiqotlari mobaynida 47 nafar ko ‘ngillidan foydalangan holda, ularning har ikki quloqlariga bittadan telefon turbkalarini tutqazib qo‘yishdi.Birinchi sinov paytida har ikkala telefon ham qo ‘ng‘iroqni kutish rejimida edi, boshqa sinovda esa telefonlardan biri orqali qo ‘ng‘iroq amalga oshirildi. Sinalayotgan insonning miyasini tekshirib ko ‘rishganda, 50 daqiqa suhbatdan so‘ng miyaning telefon antennasiga yaqin joylashgan qismida glukoza iste ’moli sezilarli darajada oshgan, ya’ni metabolizm tezlashib ketgan. Bir tomondan, miyada bunga o ‘xshash aylanishtizimining tezlashishi hech qanday salbiy oqibatga olib kelmasligi mumkin.Boshqa tomondan esa, tadqiqot ochiq-oydin shuni ko ‘rsatdiki, mobil telefon antennasidan chiqayotgan elektromagnit to ‘lqini miyaga albatta ta’sirko‘rsatadi.Bunga o‘xshash ta’sirlarning uzoq muddatli natijasini hisoblash juda qiyin masala. Mobil telefonlar allaqachon har joyda tarqalib ulgurgan va ularning inson salomatligiga zarari yoki bezarar ekanligi haqida xulosa qilishga hali erta. Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha mobil telefonlardan foydalanish va rak kasalliklari o ‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirishga qaratilgan tadqiqotlar, asosan, salbiy natija bergan. Shunday bo ‘lsa-da, tibbiyot olimlari va neyroxirurglar har ehtimolga qarshi suhbat chog ‘ida telefonni boshdan uzoqroqda saqlashni tavsiya etmoqda. AQSh Salomatlik milliy instituti olimlari tomonidan aniqlangan natija, ya ’ni telefondan chiqadigan nurlar va miya faolligi 
o ‘rtasidagi bog‘liqlik mobil telefonlarning inson salomatligiga ta ’siri 
borasidagi yangi bahslarni keltirib chiqarishi turgan gap.



Просмотров: 1977 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
avatar
0
1 murodjon • 19:46, 2011-Aprel-07
menga yoqdi. Iltimos telfon zararlari togrisida yana malumot beringlar.
avatar