22:58
Sardor Rahimxon ijodidan yana bir tarona!
10.10.10. sanasida yangi xayotga qadam qo`ygan Sardor Rahimxon ijoddan bir zum ham to`xtagani yo`q. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist bunga javoban kuni kecha "PanTerra” studiyasida Iqbol Muxammadjonov musiqasi hamda Oxunjon Hakimov so`zi bilan "To`lin oy” deb nomlangan yangi sokin taronasini yozib tugatdi. Bu qo`shiqqa rejissyor Yodgor Nosirov tomonidan klip g`oyasi o`ylanmoqda. 2010-yil "Eyforiya” taronasi va klipi bilan o`zbek estradasida shov-shuv va yangilik qila olgan Sardor Rahimxon ajab emas shu yil yana bir xitga sababchi bo`lsa. Sardor Rahimxonga omad tilab qolamiz va yangi qo`shiqni kutamiz.
Просмотров: 1302 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar