23:16
S...

Sevgi sirini sabo-lardan soradim. Sabo sekin so'zladi: - Sevgi sening so'zlaringda,sirdosh,sadoqatli sevishganlar saroyidadur.Sevgi seni sehrlasa, sen sevganingni sila. Sevgi saroyida sira sarsonu sargardon so'nmagin.Sen sehrli saroy sohibidursan, seni sevguvchi sohibaning sohibjamolingdir. Saboning so'zlari seniyam sehrladi.Sabo sekin-sekin silkindi da, so'zlayverdi: - Sevgi saroyida sof sevgini so'ndirguvchilar serob. Sen sevgingga sodiqmisan, seni sira sindirisholmaydi. Sevgi sevgilisiga sadoqatli, sodiqlarni suyadi. Sevgi sinovchan. Sen sevgi sinov-vada sindingmi, sevging seni sira suyamaydi. Seni sevgi sahrosida suvsiz-likdan so'ndirib somon - dayin sargaytiradi. Sevgi seni so'roqlasa, suyun. Sen sevgini sirayam so'roqlama. Sevgi so'roq-laringni suymaydi. Sening sabringni sinaydi. Sen sevdingmi, so'zsiz sevgi so'rog'idasan. Sevgi sinovchan, so'roqlari sevishganlarni sinab, sabrlarini saralaydi...Sabo sevgi so'zlarini samo sar-hadlaridan sarala- ganday samimiy so'zlardi. Saboning so'zlaridan sehrlanib, sevgisini sir saqlaydigan sirli sevgiling.


Просмотров: 1028 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
avatar