Amerikalik dizayner Brendon Makaluso dunyodagi eng gayrioddiy kompyuterni yaratdi. Uning gayritabiiyligi shundaki, ustki qismi kartondan yasalgan va u «Rekompyut» deb ataldi. Ushbu ixtironing yaqin kunlarda Nyu-Yorkda bolib otadigan «Griner Gadjets Dizayn» tanlovida birinchi marta qatnashishi rejalashtirilmoqda. Ixtirochining sozlariga qaraganda, yangi mahsulotning ustki tuzilishida na plastika, na metall bor, faqatgina kop taxlamli kartondan tashkil topgan xolos. Buning yordamida ishlab chiqarishning ozida nafaqat arzon narxga erishiladi, balki atrof-muhitga ham sezilarli foyda keltiriladi. Shuningdek, karton kompyuter ichida havo aylanishiga tosqinlik qilmaydi, bu esa tashkil etuvchi qismlarni samarali sovutish imkonini beradi. Quvvati boyicha ShK oddiy kompyuterlardan farq qilmaydi. 100 mln. dollarlik enyergiya markazi Stanford universiteti Quyosh energiyasi, elektr zahiralarini yigish hamda yashil energiyaning boshqa manbalarini tadqiq qilish uchun yangi institut tashkil etdi. Buning uchun 100 mln. dollardan ortiq mablag sarf etilgan. IANS (IANS) axborot agentligi bu haqda San-Fransiskodan xabar tarqatdi. Institut tashkil etgan Silikon vodiysida «Xyulet Pekard» (Hewlett Packard), «Gugl» (Google) kabi axborot texnologiyalarini tadqiq etuvchi dunyoning yirik kompaniyalari faoliyat yuritadi. Shuningdek, bu yerda Kaliforniya universitetining 500 mln. dollarlik energiya tadqiqot instituti ham joylashgan. - Eng katta quvvat manbai bu Quyoshdir, deydi yangi institutning direktori Lin Or. Lekin biz Quyosh nurini elektr energiyasiga aylantirish jarayonini arzonlashtirishimiz kerak. Yangi markaz ayni shu faoliyatni amalga oshirishga moljallangan. Biz bu yerda Quyosh energiyasini qayta ishlashda kerak boladigan nanotuzilmali mahsulotlarni tayyorlash borasida tadqiqotlar olib boramiz. «Eppl» (Apple), «San» (Sun), «Gugl» (Google) kabi kompaniyalar asoschisi Jon Duerning aytishicha, yangi markaz Silikon vodiysini Energiya vodiysiga aylantiradi.
|