00:22
Qiziqarli faktlar:
• Temir 5000 daraja haroratda bug'lanib ketadi.
• Saudiya Arabistoni davlati hududidan bitta ham daryo o'rin olmagan. 
• Gretsiya davlatining madhiyasi 158 usulda yangrashi mumkin. 
• Yapon olimlarining aniqlashicha, odamning tishi qanchalik ko'p to'kilsa, xotirasi shunchalik past bo'ladi. 
• Indoneziya tarkibida 17 ming 508 ta orol mavjud. 
• Dunyodagi eng iliq dengiz deb Qizil dengiz tan olingan. 
• Gugurt dastlab 1820 yillarda Yevropada paydo bo'lgan. Ammo u o'ta xavfli bo'lib, arzimagan ishqalanish oqibatida ham yonib ketishi mumkin edi. Hozirgi ko'rinishdagi, ya'ni havfsiz gugurt donachalari esa ilk marotaba 1855 yili Shveytsiyada ishlab chiqarilgan. 
• Dunyodagi eng keng ko'cha Braziliyada joylashgan bo'lib kengligi 250 metrga boradi. 
• Janubiy Amerika qit'asida okean bilan chegaradosh bo'lmagan ikki davlat mavjud. Ulardan biri Boliviya bo'lsa, ikkinchisi Paragvaydir. 
• 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq, fevral oyi 30 kundan iborat bo'lgan. 
• Jahon internet to'ridagi eng katta oldi-sotdi portali esa www.eBay.com hisoblanadi. Mazkur saytning 168 mln. nafar foydalanuvchisi bor. 
• Dunyodagi eng toza suvga ega bo'lgan dengiz Antarktidadagi Ueddela dengizidir. 
• Evropa qit'asida odam yashamaydigan xilvat joyni topa olmaysiz. 
• Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan. 
• Mongoliya poytaxti Ulan-Bator dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi. 
• Nauru rasmiy poytaxtga ega bo'lmagan yagona davlatdir. 
• Karib oroli davlatlari ichida temir yo'lga ega bo'lgan birgina davlat Kubadir. 
• AQShning 23 ta shtati okean bilan chegaradosh. 
• Er sharining 97 foiz suvi okeanlar hisobiga to'g'ri keladi. 
• Afrikadagi eng issiq davlat Tripoli hisoblanadi. 
• Janubiy Amerikadagi o'rmonlarning deyarli yarmi Argentinada joylashgan. 
• Rossiya dunyoda kinoteatrlar ko'pligi bo'yicha birinchi o'rinda turadi. 
• Andorra dunyodagi pochta xizmati tekin bo'lgan yagona davlatdir. 
• 672 raqami Antarktidaning xalqaro telefon kodi hisoblanadi. Garchi aholi doimiy yashamasa-da, ushbu muzliklar mamlakatiga ham telefon kodi ajratilgan.
Просмотров: 1525 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar