15:56 O’zbek “primadonna''siga atalgan qo’shiq. | |
Yulduz Usmonovaning dilga yaqin qo’shiqlari millionlab muxlislarning yuragini larzaga soladi. Bugungi kunda uning qizi Nilufar Usmonova onasi izidan borishga harakat qilmoqda. Ham farzand, ham shogirdlik mas’uliyatini o’z bo’yniga olgan mahoratli va go’zal xonanda Nilufar Usmonova o’z volidasi uchun qo’shiq yozdi. Aslida qo’shiq bir necha yil avval yaratilib, Yulduz Usmonovaning tug’ilgan kunida kuylagan kichik Usmonova bu qo’shiqni endi omma uchun taqdim etishga qaror qildi. “Hofizam Onam" deya atalgan tarona Nilufarning qalb so’zlaridan tashkil topgan, deyish mumkin. Ayniqsa, qo’shiqning har bir satri go’yo hayot haqiqatiga o’xshaydi. Onalarimiz har birimiz uchun azizdir, Nilufar Usmonova uchun esa Yulduz Usmonova ona bo’lish bilan birga ustoz hamdir. Xalq kuychisi bo’lgan Yulduz Usmonova tarannum etilgan tarona har bir chin muxlisning qalbidan joy olishi shubhasiz. Bu qo’shiqning matni Usmonovalar oilasining yaqin do’stlaridan biri Shuhrat Nuraliyevga tegishli. Musiqasini esa Malika Vahobova bastalagan. San’atda ko’pchilik uchun haqiqiy ma’noda ustozga aylangan Yulduz Usmonova madh etilgan qo’shiqni qarshi oling! Nilufar Usmonova-Hofizam Onam.mp3 | |
|
Всего комментариев: 0 | |