23:39
Hozir dunyoda shahsiy kompyuterlar qancha?
2008 yilning ohiriga borib dunyodagi shahsiy kompyuterlar soni 1 milliardga, 2015 yilda esa 2 milliardga etadi, deb ma'lumot beradi "Forrester Research" marketing kompaniyasi.
Mazkur kompaniya vakillarining fikriga ko'ra, dunyo bo'yicha shahsiy kompyuterlar yiliga 12 foiz ko'payyapti. Bu o'sish rivojlanayotgan mamlakatlar va ilgari kompyuterlarga katta ahamiyat bermagan davlatlarning tehnologiya olamidagi yangiliklarni o'zlashtirishga kirishgani bilan izohlanmoqda. Mahsus o'tkazilgan tadqiqotda personal kompyuterlar sonining 1 milliardga etishiga 27 yil sarflanishi hisoblangan. Bu ko'rsatgich 2 barobar oshishiga atiga 5 yil kifoya qiladi. Chunki yangi tehnologiyalar rivojlangani sayin tehnikalarning narhi pasaymoqda va ularga bo'lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda.
Просмотров: 1388 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar