00:17 GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshirildi. | |
Mart oyining oxirlarida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi o‘z avtomobillarining ichki bozordagi narxlari 18% ga oshirilganligini ma’lum qildi. Shunday qilib, hozirda Matiz rusumli avtomobilning narxi O‘zbekistonning ichki bozorida 15 million 420 ming so‘mni, Damas – 16 million 230 ming so‘m, Nexia DOHC – 22 million 436 ming so‘m, Lacetti II – 36 million 888 ming so‘m, Lacetti III – 42 million 189 ming so‘m, Epica – 58 million 077 ming so‘m, Captiva – 69 million 575 ming so‘mni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan yopiq aksiyadorlik jamiyati 2010-yilda ichki bozorda 143 mingga yaqin va Rossiya bozorida esa 74 419 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yilda Asakadagi avtomobil zavodida jami 217 733 dona avtomobil ishlab chiqarilgan edi. | |
|
Всего комментариев: 1 | |
0
| |