14:09
Dunyoning eng badavlat fudbolchisi e'lon qilindi.
Forbes jurnali dunyoning eng badavlat futbolchilarini e’lon qildi .

Angliyalik Devid Bekxem – dunyodagi eng badavlat futbolchi. O‘tgan 2010-yil davomida u 40 mln. $ ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi. Angliyaning "Manchester Yunayted” klubi esa yana dunyodagi eng badavlat futbol klubi deb topildi. Bu ma’lumotlar mashhur Forbes jurnali tomonidan tuzilgan 2011-yilgi reytingda qayd etilgan.
Devid Bekxem bundan to‘rt yil avval AQShning "Los Angeles Galaxy” futbol klubiga o‘tgan edi. So‘nggi yillarda millionlar o‘yini ocean ortida ham o‘zining nufuziga ega bo‘lib bormoqda. Bekxem AQShga borganda so‘ng futboldan ko‘ra ko‘proq media sohasiga sho‘ng‘ib ketdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning futbol sohasidagi karyerasi tugab borayotganligiga (kelasi oy u 36 yoshga to‘ladi) qaramasdan, hanuz dunyodagi eng ko‘p daromad oluvchi futbolchi maqomiga sazovor bo‘lmoqda. 
"Bekxem futbolchidan ko‘ra ko‘proq Gollivud yulduziga o‘xshaydi”, – deydi homiylik ishlarini boshqaruvchi "Global Sponsors” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Maykl Stirling. U o‘tgan yillar davomida "Electronic Arts” va "Diet Pepsi” brendlarining muntazam reklama qiluvchisiga aylanib qoldi. U hatto "Yahoo” kompaniyasi bilan ham qisqa muddatlik shartnoma imzolagan. 
Bekxem reklama daromadlarining katta qismini "Adidas” kompaniyasi mahsulotlari reklamasidan oladi. Kutilganidek, u Londonda bo‘lib o‘tadigan 2012-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ham turli reklamalarda paydo bo‘ladi.
Просмотров: 1439 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar