00:34
Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro haqida malumot!!!
 To'liq ismi Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro
Tavallud sanasi:5-fevral, 1985(27 yoshda) 
Tavvalud joyi Funshal, Madeyra, Portugaliya
Bo'yi 185 sm
Laqab Ronny, Ron, Krishtina
Ampluasi qanotdagi yarimhimoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Real Madrid
Raqami 7
Yoshligida a'zo bo'lgan klublar
1993–1995
1995–1997
1997–2001 CF Andorinha
CD Nacional
Sporting CP
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
2001–
2003—2009;
2009— Sporting CP
Manchester United
Real Madrid

(talaffuzi: Krishtianu Ronaldu dush Santus Aveyru) — 1985-yilning, 5-fevralida tugʻilgan, Real Madrid futbol klubi va Portugaliya milliy futbol jamoasi uchun oʻynaydigan professional futbolchi. Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi — uning Manchester United futbol klubidan Real Madridga oʻtishi 83 mln funt sterlingga tushgan. Bugungi kunning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

2011-yilda Ronaldo Real Madrid tarkibida mavsumni 53 ta gol bilan yakunlab, klub tarixidagi bir mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi. Oltin butsa yutib, ikki turli chempionatda bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi sportchi boʻldi.
Cristiano Ronaldo Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tugʻilgan. Onasi — Maria Dolores dos Santos Aveiro, otasi — José Dinis Aveiro. Ota-onasi uning ismini AQSH prezidenti Ronald Reagan sharafiga qoʻyganlar, chunki u otasining eng sevimli aktyori boʻlgan.

Dastlabki karyerasiU uch yoshidan futbol oʻynaydi, va olti yoshida boshlangʻich maktabga chiqqanida uning sportga boʻlgan muhabbati yaqqol koʻrina boshlanadi. Uning sevimli oʻsmirlar jamoasi Benfika klubi boʻlgan, lekin shunga qaramay keyinroq ularning raqibi Sportingga qoʻshiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy boʻlgan Andorinha jamoasi uchun toʻp suradi, 1995-yili, atigi oʻn yoshida Cristianu Ronaldoning shuhrati butun Portugaliya boʻylab tarqaladi. Madeyraning ikki yetakchi jamoalari, Marítimo va Nacional u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qoladilar. Kattaroq jamoa boʻlgan Maritimo, Andorinhaning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qoʻldan boy beradi, va natijada Ronaldo Nacionalga qoʻshiladi. Nacionaldagi yutuqlaridan soʻng Ronaldo Lissabonga otlanib uch kun vaqtinchalik Sportingda oʻynaydi, va natijada Sportingda qoladi..

SportingRonaldo Sportingning Alcochete «futbol fabrikasi»da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldo oʻz debyutini Lissabon Sportingi uchun Moreirensega qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan u Portugaliya tarkibida UEFAning U-17 chempionatida toʻp suradi.

Uning UEFA U-17 chempionatlarida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan Liverpul FKning menejeri Gérard Houllier qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik Liverpul uni rad etadi, chunki Ronaldo juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida, Lissabondagi Alvalade XXI stadionining ochilish marosimi, Sporting Manchester Unitedni 3-1 hisobi bilan yutganida esa Ronaldo Ser Alex Fergusonning diqqatini tortadi. Ronaldo ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etadi. Matchdan soʻng Unitedning oʻyinchilari katta qiziqish bilan yosh isteʼdod haqida gapiradilar va kelajakda u bilan oʻz jamoalarida oʻynashni xohlashayotganini bildiradilar.
Manchester United
Ronaldo Manchester United jamoasi futbolkasidaFerguson yosh futbolchini oʻz jamoasiga qoʻshishni aniqlaydi, unga David Beckhamning Real Madridga oʻtib ketganidan soʻng oʻng yarimhimoyachi kerak edi; Cristianoni 2003-yili $12.24 millionga sotib oladilar. U Manchester United uchun debyutini 2003-yil 10-avgust Old Traffordda boʻlib oʻtgan Bolton Venderersga qarshi oʻyinning 60 daqiqasida maydonga zahiraga tushib boshlaydi. United ohirgi daqiqalarida 1-0 yutadi, bunda Ronaldo Ruud Van Nistelroy Jussi Jaaskelainendan olgan penaltini uradi. Shundan soʻng u Britaniya OAVlari tomonidan olqishlarga sazovor boʻladi.

Lekin uning barcha yutuqlariga va qadamlariga qaramay, Ronaldo bu raqamdan (7) kutilgan natijalarga erishishni hohlamaydi va boshlangʻich paytlarda Sportingda «kiygan» raqami — 28ni soʻraydi. Karrington tayyorgarlik maydonida boʻlib oʻtgan u bilan Ruud Van Nistelroy orasidagi kelishmovchiliklar ularning klubdagi rollari haqida juda ham koʻp mish-mishlarga sabab boʻldi. Ferguson esa 2010-yilgacha qoʻshilgan Ronaldoga katta umidlar bogʻlaydi. Ronaldo «Manchester Evening News» tomonidan shunday iqtibos qilinadi: «United meni qarashlarimni qattiq himoyalamoqda va men unga huddi shunday yaxshilik bilan qarzimni uzmoqchiman».

Ronaldo oʻyinlar davomidagi harakatlari bilan koʻp muammolarga duch keladi. U Manchester Cityga qarshi oʻyinda maydondan chetlashtiriladi va 2005-yil dekabr UEFA Chempionlar Ligasi paytida Benfikaning muhlislariga korsatilgan «bir barmoqli harakat» uchun UEFA tomonidan keyingi oʻyinga tushirilmaydi. Portugaliya — Lyuksemburg doʻstlik uchrashuvida esa Ronaldoga Jeff Strasserni boʻynidan ushlab qoʻporuvchi harakatlari uchun sariq kartochka berilgan. Felipe Skolari unga Jahon Kubogi birinchiligida oʻz kayfiyatini ushlab turishni maslahat beradi.

2005-yilning 29-oktabrida Ronaldo Manchester Unitedning birinchilikdagi 1000-sonli golini uradi. Fevralda u ketma-ket 2 dubl gollar uradi, ikkitasini Fulhem bilan uydagi uchrashuvda, qolgan ikkitasini Fretton Parkda, Viganga qarshi oʻyinda uradi va birinchilikdagi gollari sonini 8taga yetkazadi. 2006-yil 26-fevralda Ronaldo Kardiff, Millenium stadionida Karling kubogi uchun kurashda yana Vigan bilan uchrashuvda darvozaga toʻp kiritadi va mavsumdagi gollari sonini 10taga yetkazadi.

U FIFPro Special tomonidan, muhlislar tanlovchi yagona unvonga — «2005-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi» nomiga sazovor boʻldi. Shu jumladan u FIFAning 2005-yil oʻyinchilari reytingida 20-oʻrinni egallaydi.

Jahon Chempionatidagi mojaroga qaramay, Ronaldo Manchester Unitedning koʻpchilik muxlislari orasida sevimli oʻyinchilardan biri boʻlib qoladi. 2006-yil Jahon Chempionatidan soʻng ingliz birinchiligining dastlabki oʻyinida Manchester United muhlislari tribunalarning har hil joylaridan aniq-tiniq «faqat Ronaldo birinchi» degan qoʻshiqni tinglaydilar. Bu vaqtda Manchester United Fulhem FK ustidan 5-1 hisob bilan gʻalaba qozonadi.

Oʻshandan buyon, BBCning habar berishicha Ronaldo Manchester Unitedni boshqa tark etishni hohlamaydi va klubga qaytishdan bahtiyor.

U Berkleyning 2006-yil noyabrdagi eng yaxshi oʻyinchisi unvoniga sazovor boʻldi.

2006-yil dekabrida Ronaldo liganing 3 oʻyinida 6ta gol urib, oʻzining hisobini 12ta golga yetkazadi va Unitedning eng muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. U Vigan Atletik bilan uchrashuvning ikkinchi yarmida zahiradan oʻyinga tushib, shu zahotiyoq bir necha daqiqa ichida 2 gol urib matchga yakun yasaydi. Manchester Unitedning treneri Ser Alex Ferguson portugal bilan uning shu mavsumda 15ta gol ura olishi haqidagi parisini yutqazdim deydi. Skott shunday deydi: «U uchun hursandman, chunki unga juda qiyin boʻldi. U oʻyinni koʻzini biladi. Uning toʻp bilan oldinga oʻta olishi bu mavsumda unga qoʻl keldi. Bu uning yetilganligini koʻrsatdi. U eng zoʻr boʻldi va kelajakda bundan ham oshadi».
Категория: Sport | Просмотров: 5183 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 6.0/1
Всего комментариев: 0
avatar