00:12
1-Oktabr Ustoz va murabbiylar kuni.
 Sizning ta'limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san'atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko'kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O'rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o'rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo'larmikan bu qarzni alxol,
O'zib bo'larmikan yuzta ganj bilan. A.Oripov

Ustoz-bu so'zni eshitganda bizga ta'lim, saboq bergan aziz ustozlarimiz ko'z oldimizga keladi. Xech o'ylab ko'rganmisiz dunyoda ustozlar qancha? Ularning sanog'i bormikan? Yo'q aslida bu savolni berishning o'zi axmoqlik, mening fikrimcha. Chunki dunyoga kelishimiz bilan biz shogirdga aylanamiz. Qanday qilib deysizmi? Yani bu ajib dunyoga ilk bor jajji ko'zlarimiz bilan boqqanimizdayoq tabarruk zot ustozni ko'ramiz. Yani ilk ustozimiz mushtipar onamizni ko'ramiz. xar bir bola bu dunyoga yig'lab keladi, keyin esa ilk ustoz, mehr farishtasi bo'lgan ona butun mehrini kulgusida aks ettirib, bizg bu sinovlarga boy dunyoga kulib boqishni, kulishni o'rgatadi. Ona o'z mehr-muxabbati bilan bizga mehrdan, muhabbtdan poklikdan, umiddan tarbiya beradi. Bir misol: nega sherning bolasi beshavqat bo'lib ulg'ayadi? Nega u boshqa hayvonlarning jonini olib oziqlanadi? Chunki unga onasi tugilgandanoq ov qilishni, boshqa xayvonalrning jonini olib oziqlanishni o'rgatadi. Agarda sher bolasiga yoshligidan boshqacha tarbiya berilsa, yani uy hayvoni sifatida boqilsa, u mutlaqo boshqa hayvonga aylanadi. Dunyoda oddiy tabiatning o'zi ham, taqdirimizdagi hayot ham biz uchun bir ustoz. Tabiat bizga go'zallikdan dars bersa, hayot esa bardoshdan, sinovlardan, iymondan dars beradi.
"Ilm hikmat suvni yondirar" deydi dono xalqimiz. Ha haqiqatdan ham ilm shunday qudratga ega. Bu qudratni esa bizga ilmlar sultoni bo'lgan ustozlarimiz berishadi. Ilk maktabga borganimizda bilimlar olamiga etaklovchi ustozlarimiz bizga ilk bor yashashni o'rgatgan onammiz kim ekanligini, uning qanday inson ekanligini o'rgatadilar. Biz nafas olayotgan tabiat, yashayotganimiz xayot nima ekanligini o'rgatadi. Biz uchun eng muqaddas inson bo'lgan onaning tabarruk "Ona" so'zini jajji barmoqlarimiz bilan oppoq qog'ozga xatosiz yozishni o'rgatadi. Ular bizni kelajak sari ilm yo'lida etaklab boradi. Ular bizga buyuk ajdodlarimizni tanitadi. Vatanimiz tarixini o'rgatadi.Bizdan talab qilinadigan birgina yumush, ular uchun esa eng oliy mukofot bu bizning munosib shogird bo'lib, o'z yo'limizni topish va bizni tarbiya qilgan barcha ustozlarga munosib bo'lishdir.
"Insonning haqiqiy ko'zi ilm"-deyishadi. Yaxshi niyatla uyg'onaylik, quvonchla kulaylik mehr va ilmla yashaylik aziz insonlar!
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 5135 | Добавил: Alijon | Рейтинг: 3.7/3
Всего комментариев: 0
avatar